Avval xabar berilganidek, shu yilning 15 mart kuni Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo`lib qaytgan bir nafar O`zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi. Ayni paytda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar to`liq amalga oshirilmoqda. Nazorat kuchaytirilmoqda, de xabar qilmoqda SSV.
Shu bilan birga, bemor bilan birga muloqotda bo`lgan barcha oila a`zolarini ham respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizildi. Mutaxassislarimiz tomonidan ularga tibbiy nazorat o`rnatilib, ixtisoslashgan laborator tahlildan o`tkazildi. Tahlil natijalari bemorning o`g`li va qizida koronavirus infeksiyasi borligini ko`rsatdi.
Shuningdek, shu yilning 15 mart kuni soat 05-15 da O`zbekiston havo yo`llari avia kompaniyasiga qarashli Istanbul - Toshkent yo`nalishidagi 274- reys bilan kelgan O`zbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlangan. Laborator tahlil respublika Virusologiya ilmiy tekshirish institutida o`tkazilgan.
Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Ӯzbekistonda koronavirus bilan kasallangan odam aniqlandi. Bemor Fransiyadan kelgan;
Soat 13.00 da Bosh vazir boshchiligida koronavirus mavzusiga bag`ishlangan brifing bo`ldi;
Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol bilan birga 48 yo`lovchi Parijdan uchib kelgani aniqlandi;
16 martdan O`zbekistonda bog`cha, maktab va OTMlar koronavirus sabab karantinga yopiladi;
Koronavirus sababli O`zbekistonda barcha diniy marosimlar vaqtincha cheklandi;
Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi;
Ta`lim muassasalri yopilishi munosabati bilan ta`til paytida telekanallarda o`quv dasturlari yo`lga qo`yiladi;
O`zbekistonda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish o`n barobarga oshirildi;
1003 raqami orqali koronavirus haqida ma`lumot olish mumkin bo`ldi;
Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol shifokor bo`lgani aniqlandi;
Aholi orasida vahimali ma`lumotlarni tarqatganlar jarima yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti to`xtatildi;
O`zbekistonda koronovirus infeksiyasi va unga qarshi choralar bo`yicha axborot beruvchi rasmiy kanal ochildi;
Million jamoasining konserti ham qoldirildi;
Barcha sayyohlar tartib bilan o`z vataniga qaytariladi;
O`zbekistonda qayd etilgan koronavirus bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi;
16 mart kuni Uzbekistan Airways bir qator davlatlarga yakuniy qatnovlarni amalga oshiradi (ro`yxat);
Senat O`zbekiston xalqidan vahima qilmasdan sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishni so`ramoqda;
Qozog`istonda favqulodda holat joriy etildi. TIV u erdagi hamyurtlarimizni ogohlantirmoqda;
Birorta bozor, birorta savdo do`koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo`l qo`yilmaydi, narxlar nazoratga olinadi — DSQ raisi;
O`zbekistonda koronavirus sababli ta`tilga chiqarilgan o`quvchilarga uyda qanday mashg`ulotlar qilishlari haqida Vazirlik tavsiya berdi.