AsosiyJamiyat

Shu oqshom Xivadagi xonadonda gazdan portlash sodir bo`ldi. 15 yoshli qiz halok bo`ldi

'Shu oqshom Xivadagi xonadonda gazdan portlash sodir bo`ldi. 15 yoshli qiz halok bo`ldi'ning rasmi

2021 yil 8 yanvar kuni soat 03:41 da Xorazm viloyati, Xiva shahar, Islomxo`ja ko`chasi, 6-uyda sizib chiqqan tabiiy gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir bo`lib, yashash uyining devorlari va tomi qulagan hamda uyning 70 kv.m. maydonida tom bostirmasida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar qildi.

Voqea joyida FVB yong`in-qutqaruv xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida soat 04:50larda uy egasi qizining (2005 y.t.) jasadi bino konstruksiyasi uyumlari orasidan olib chiqildi. Yong`inda uy egasi Sh.E.ning yuz qismi, qo`llari 22 % termik kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi chaqnashning asosiy sababi deb taxmin qilinmoqda. Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida IIB, FVB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz va isitish moslamalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilishingizni so`raydi.

Eslatib o`tamiz:

2020 yil 6 noyabr kuni Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etishdi.

30 oktyabr kuni Navoiyda kollej o`quvchisi bo`lgan aka-uka uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Shuningdek, oktyabr oyida nikoh to`yiga ikki kungina bo`lgan yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bir necha kun avval esa Nukusda ijarada yashayotgan 4 nafar talaba, Yangiyo`lda esa bir oila is gazidan zaharlandi.

25 noyabr kuni Sirdaryoda ayol va uning 3 farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgan. 9 dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli tumanida 6 kishi is gazidan zaharlanib, vafot etgan. 13 dekabrda Navoiy viloyatida 13 yoshli qiz ham is gazi qurboni bo`ldi. Bir necha kun avval esa Jizzaxda 19 yoshli yigit is gazidan zaharlani vafot etgani xabar qilingan edi. 2021 yilning 4 yanvar kuni Xorazmda bir oila is gazidan zaharlanib, ona va qizi vafot etgan. Shuningdek, Jizzaxdagi MChJ oshxonasida sodir bo`lgan portlashda qorovul vafot etdi. 6 yanvar kuni Qarshi shahridagi xonadonlardan birida gazdan portlash sodir bo`lib, ikki kishi halok bo`lgan edi. 

Mavzuga doir:

Qarshidagi yotoqxonada 13 nafar o`smirning is gazidan zaharlanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi — Bosh prokuratura

Yangiyo`ldagi uyda gazdan portlash sodir bo`ldi, xonadon sohiblari vayronalar tagida qolib ketib, vafot etdi

2020 yilda is gazidan qancha fuqaro vafot etgani ma`lum qilindi

    Boshqa yangiliklar