Qashqadaryo viloyatda bir oilaning uch a`zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 10 dekabr kuni soat 20:20 da Qarshi tumani "Dasht" mahallasida yashovchi 77 yoshli fuqaro R.P., 31 yoshli kelini N.B., 2-sinf nabirasi L.O. yashash xonadonida qo`lbola usulda yasalgan isitish pechidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, bundan avval Jizzaxda 63 yoshli ayol va uning ikki nevarasi, Xorazmda ijara uyda ikki fuqaro va Qashqadaryoda 17 yoshli qiz, Namanganda qaynona, kelin va nabira, Farg`onada 3 kunlik kelin-kuyov, Chinozda er-xotin 3 oylik chaqalog`i bilan is gazidan zaharlanib vafot etgan edi. Shuningek, sal avval Xorazmda 9 kishilik oila is gazidan zaharlanib, ikki inson halok bo`lgan va Buxorodagi xonadonda sodir bo`lgan yong`inda er-xotin va ularning uch nafar farzandi vafot etdi.