AsosiyJamiyat

Bog`chalar karantinga yopildi. Endi ishlovchi ota-onalar qanday yo`l tutadi?

'Bog`chalar karantinga yopildi. Endi ishlovchi ota-onalar qanday yo`l tutadi?'ning rasmi

Karantin sababli bog`chaga bormaydigan bolaning tashkilotda ishlovchi qarovchisiga 14 kungacha mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishi mumkin, deya yozmoqda "kun.uz".

Ma`lumki, bugun, 16 martdan boshlab O`zbekistondagi barcha bog`chalar, maktablar va oliy ta`lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida karantinga yopildi.

Shu munosabat bilan maktabgacha ta`lim muassasalarining karantinga yopilishi sabab, korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlovchi bog`cha yoshidagi bolalari bor ota-onalarning bolaga qarash uchun ishga bora olmasligiga oid savollar ko`p bo`lmoqda.

Darhaqiqat, bog`chalarning vaqtincha ishlamasligi bolalarga uy sharoitida qarovni tashkil etishni talab qiladi. Bunday vaziyatda bog`chaga boruvchi bolalarning qarovchilari qanday yo`l tutmog`i lozim?

Adliya vazirligida 2015 yil 17 aprel kuni 2667-son bilan ro`yxatga olingan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaning 37-bandida maktabgacha ta`lim muassasasida yoki olti yoshga to`lmagan bolaga o`rnatilgan karantin davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a`zosiga sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan karantin belgilangan, lekin o`n to`rt kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishi nazarda tutilgan.

Mazkur yo`riqnoma talabiga ko`ra, karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi yoki Qoraqalpog`iston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi va sog`liqni saqlash boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.

Eslatib o`tamiz:


Ӯzbekistonda koronavirus bilan kasallangan odam aniqlandi. Bemor Fransiyadan kelgan;

 

Soat 13.00 da Bosh vazir boshchiligida koronavirus mavzusiga bag`ishlangan brifing bo`ldi;

 

Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol bilan birga 48 yo`lovchi Parijdan uchib kelgani aniqlandi;

 

16 martdan O`zbekistonda bog`cha, maktab va OTMlar koronavirus sabab karantinga yopiladi;

 

Koronavirus sababli O`zbekistonda barcha diniy marosimlar vaqtincha cheklandi;

 

Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi;

 

Ta`lim muassasalari yopilishi munosabati bilan ta`til paytida telekanallarda o`quv dasturlari​ yo`lga qo`yiladi;

 

O`zbekistonda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish o`n barobarga oshirildi;

 

1003 raqami orqali koronavirus haqida ma`lumot olish mumkin bo`ldi;

 

Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol shifokor bo`lgani aniqlandi;

 

Aholi orasida vahimali ma`lumotlarni tarqatganlar jarima yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

 

Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti to`xtatildi;

 

O`zbekistonda koronovirus infeksiyasi va unga qarshi choralar bo`yicha axborot beruvchi rasmiy kanal ochildi;

 

Million jamoasining konserti ham qoldirildi;

 

Barcha sayyohlar tartib bilan o`z vataniga qaytariladi;

 

O`zbekistonda qayd etilgan koronavirus bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi;

 

16 mart kuni Uzbekistan Airways bir qator davlatlarga yakuniy qatnovlarni amalga oshiradi (ro`yxat);

 

Senat O`zbekiston xalqidan vahima qilmasdan sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishni so`ramoqda;

 

Qozog`istonda favqulodda holat joriy etildi. TIV u erdagi hamyurtlarimizni ogohlantirmoqda;

 

Birorta bozor, birorta savdo do`koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo`l qo`yilmaydi, narxlar nazoratga olinadi — DSQ raisi;

 

O`zbekistonda koronavirus sababli ta`tilga chiqarilgan o`quvchilarga uyda qanday mashg`ulotlar qilishlari haqida Vazirlik tavsiya berdi;

 

Talabalar 16 martdan ikki hafta (hozircha) ta`tilga chiqariladi;

 

Talabalar vokzalga kelmasdan, talabalar shaharchasining o`zida chipta olishlari mumkin;

 

“Uzautotrans service” korxonasi qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`ydi; 

 

O`zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 nafarga etdi;

 

Bugun Toshkentdan viloyatlarga qo`shimcha poezd reysi tashkil qilinadi (ro`yxat va jo`nash vaqti);

 

Otning o`limi itning bayramimi? Yoxud eng ko`p shikoyat qaerdan bo`layotgani ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar