Qashqadaryo viloyatida yana is gazidan zaharlanish qayd etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 11.12.2022 yil 11 dekabr kuni soat 10:20 larda Qarshi shahri, Paxtazor mahallasida yashovchi voyaga etmagan, 2009 yilda tug`ilgan I.I. yashash xonadonida gaz prlitasidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Shuningdek, marhumning ukalari — voyaga etmagan, 2013 yildda tug`ilgan O.I. va 2011 yilda tug`ilgan B.I. zaharlanish alomatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, bundan avval Qarshida bir oilaning uch a`zosi, Jizzaxda 63 yoshli ayol va uning ikki nevarasi, Xorazmda ijara uyda ikki fuqaro va Qashqadaryoda 17 yoshli qiz, Namanganda qaynona, kelin va nabira, Farg`onada 3 kunlik kelin-kuyov, Chinozda er-xotin 3 oylik chaqalog`i bilan is gazidan zaharlanib vafot etgan edi. Shuningek, sal avval Xorazmda 9 kishilik oila is gazidan zaharlanib, ikki inson halok bo`lgan va Buxorodagi xonadonda sodir bo`lgan yong`inda er-xotin va ularning uch nafar farzandi vafot etdi.