2022 yil boshidan buyon O`zbekistonda is gazi sabab 150 nafarga yaqin fuqaro vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yil davomida respublikada 90 dan ortiq is gazi bilan zaharlanish holati qayd etilgan. Buning oqibatida 50 nafar shaxs jabrlanib, 146 nafar fuqaro esa hayotdan ko`z yumgan.
“Ichki ishlar vazirligi ko`mir, o`tin, neft mahsulotlari va boshqa turdagi yoqilg`idan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat`iy rioya qilishni so`rab qoladi. Nostandart yoki sertifikatlanmagan isitgich va pechlardan foydalanmang. Gaz hidini sezsangiz 1050 yoki 102 qisqa raqamlariga qo`ng`iroq qiling”, - deya ogohlantirmoqda IIV matbuot xizmati.
Eslatib o`tamiz, bundan avval Qarshida bir oilaning uch a`zosi, yana bir oilaning uz nafar bolasi zaharlanib, ulardan biri, Jizzaxda 63 yoshli ayol va uning ikki nevarasi, Xorazmda ijara uyda ikki fuqaro va Qashqadaryoda 17 yoshli qiz, Namanganda qaynona, kelin va nabira, Farg`onada 3 kunlik kelin-kuyov, yana bir er-xotin, Chinozda er-xotin 3 oylik chaqalog`i bilan is gazidan zaharlanib vafot etgan edi. Shuningek, sal avval Xorazmda 9 kishilik oila is gazidan zaharlanib, ikki inson halok bo`lgan va Buxorodagi xonadonda sodir bo`lgan yong`inda er-xotin va ularning uch nafar farzandi vafot etdi.






